Sobiq hakam: «Bu qizil kartochka»

Sobiq hakam «Real»ga qarshi o‘yinda «Sevilya» himoyachisi nega chetlatilganiga izoh berdi.

«Sevilya» o‘z maydonida La Liganing 37-turida «Madrid»ga yutqazib qo‘ydi (0:2).

Uchrashuvning 12-daqiqasida «qaymoqranglilar» forvardi Kilian Mbappe birga-bir vaziyatga chiqib borishi mumkin edi, biroq himoyachi Loik Bade so‘nggi umid folini amalga oshirdi. Bosh hakam Mateo Buskets VAR’da ofsayd bor-yo‘qligini tekshirganidan so‘ng, Badega to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi.

«Albatta, qizil. Agar bunday vaziyatda qoidabuzarlik qayd etilgan bo‘lsa – bu aniq maydondan chetlatishdir.

VAR ofsayd bor-yo‘qligini, qo‘pollik bor-yo‘qligini, darvozabon epizodga yaqin turgan-turmaganini tekshirdi,» – dedi sobiq hakam Eduardo Iturralde Gonsales Cadena SER efiridagi Carrusel Deportivo dasturida.

48-daqiqada hakam mezbonlarning ikkinchi futbolchisi – Isaak Romeroni maydondan chetlatdi. U «Real» xavbeki Orelyen Tchuamenining oyog‘iga butsasining tag qismi bilan zarba berdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter