Enso Fernandes «Chelsi»dan ketishdan oldin yaxshi taassurot qoldirmoqchi

«Chelsi» yarim himoyachisi Enso Fernandes iyun oyida boshlanadigan 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan sport formasini yo‘qotmaslik maqsadida, Madridda yashash istagi haqidagi bayonotlaridan so‘ng klub bilan yarashishga qaror qildi. Bu haqda AS nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, argentinalik futbolchining Jahon birinchiligidagi muvaffaqiyatli ishtiroki yozgi transfer oynasida uning narxi oshishiga xizmat qilishi mumkin. Agar London klubi joriy mavsum yakunlariga ko‘ra Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmasa, Fernandesni sotishga majbur bo‘lishi ehtimoli yuqori. Shu sababli, yarim himoyachi mavsum oxirida «yaxshi taassurot qoldirishni» istamoqda.

Enso Fernandes 2023 yilning yanvaridan beri «ko‘klar» safida to‘p surib kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda ishtirok etib, 12 ta gol va 6 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2032 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter