Enso Fernandes: «JCHda g‘alaba qozonish bebaho»

Enso Fernandes jahon chempionatida g‘alaba qozonish u uchun nimani anglatishini tushuntirib berdi.

«Jahon chempioni bo‘lish hayotimni butunlay o‘zgartirdi. Bu menga «Chelsi»ga o‘tish imkoniyatini berdi. Argentinadagi muhabbatim hozir butunlay boshqacha.

Bu mening hayotimni butunlay o‘zgartirdi. Terma jamoa bilan chempion bo‘lish bebaho, bu abadiy shon-shuhrat, maksimal shon-shuhrat. Jahon chempionatidan so‘ng o‘z oldingizga doimo ko‘proq maqsadlarni qo‘yasiz, ammo terma jamoa bilan jahon chempionatida g‘alaba qozonish bebahodir» – dedi «Chelsi» va Argentina terma jamoasi yarim himoyachisi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter