Enso Fernandes: «Lempard bilan taqqoslashni yoqtirmayman»
«Chelsi» yarimhimoyachisi Enso Fernandes klub afsonasi Frenk Lempard haqida fikr bildirdi.
Mashhur ingliz yarimhimoyachi sifatida o‘ynagan bo‘lsa-da, «ko‘klar» tarixidagi eng yaxshi to‘purar bo‘lib qolmoqda.
«Lempard – ilhom manbai. «Chelsi»ga kelganimdan beri u bilan tushgan ko‘plab videolarni ko‘rdim. U jarima maydoniga ichkaridan juda yaxshi yorib kirardi. Frenk – klub afsonasi, u ajoyib o‘yinchi edi, lekin meni u bilan solishtirishlarini yoqtirmayman, chunki u bu yerda ko‘proq narsaga erishdi. Men uni o‘zimning kumirim deb bilaman, men ham shunday yo‘lni bosib o‘tishni istardim», – dedi Enso Fernandes Sky Sports bilan suhbatda.
Argentinalik futbolchi 2023 yil boshidan buyon «Chelsi» sharafini himoya qilib kelmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
