«Aston Villa» ustozi bundan xursand
«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Yevropa ligasida «Bazel» ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqida u shunday deydi:
«Avvaliga biz juda ham qiynaldik. Negaki, raqib o‘yinni keskin boshladi. Raqibni yaxshi o‘rgangan edik, ular so‘nggi 7ta o‘yinida faqat g‘alabaga erishgan. Bizga bugun g‘alaba kerak edi va futbolchilar bunga erishdi. Bundan xursandman. Yana ikkita o‘yin qoldi. Ularni ham muvaffaqiyatli o‘tkazishimizga umid qilaman».
Birmingemliklar «Bazel»ni 2-1 hisobida mag‘lub etishdi.
Manba: newsnow.co.uk
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
