«Aston Villa» Emerining kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi
Birmingemning «Aston Villa» klubi yaqin kelajakda jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti, garchi «Manchester Yunayted» ispaniyalik mutaxassis xizmatiga qiziqish bildirayotgani haqidagi mish-mishlarga qaramay. Bu haqda Give Me Sport xabar berdi.
Angliya Premyer-ligasining dastlabki 5 turidan so‘ng «Aston Villa» bor yo‘g‘i 3 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 18-o‘rinda bormoqda. Ichki chempionatning navbatdagi bahsida birmingemliklar o‘z maydonida «Fulxem» bilan kuch sinashadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/