Ter Shtegen La Liganing navbatdagi turida maydonga tushishga tayyor bo‘ladi

«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen o‘yinlarda ishtirok etishga tayyor.

33 yoshli nemis belidagi jarohatini davoladi va endi yangi haftada o‘yinlarda ishtirok etish ruxsatnoma olishi kutilmoqda. Mark 13 dekabr kungi «Osasuna»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritiladi.

Hozirda Transfermarkt portalida 8 million yeroga baholanayotgan nemis joriy mavsumda birorta o‘yinda ishtirok etmadi. «Ko‘k-anorranglilar»ning ayni vaqtdagi asosiy darvozaboni Joan Garsiya hisoblanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter