Ter Shtegen «Barselona»ni tark etadi, faqatgina…
«Barselona» darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen bilan xayrlashmoqchi.
Kataloniya klubi nemis futbolchisiga bir yillik maosh va erkin agent maqomini taklif qilishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.
Biroq ter Shtegenni bu variant qoniqtirmayapti.
Sport xabariga ko‘ra, Ter Shtegen klubga hech qanday muammo tug‘dirmagan va o‘zini jarohatidan keyin yaxshi formaga qaytgan deb hisoblamoqda.
Nemis futbolchisi shartnomasidagi pullar to‘liq to‘langan taqdirdagina «Barselona»ni tark etishga tayyor bo‘ladi.
Gap bonuslarni hisobga olmaganda 42 million yevro haqida ketmoqda. Qolaversa, muammo shundaki, Ter Shtegen endi asosiy darvozabon maqomini oladigan top-jamoani topishda qiynaladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/