Ter Shtegen: «Germaniya terma jamoasining birinchi raqamli darvozaboniman»
«Barselona» va Germaniya terma jamoasi darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen terma jamoadagi raqobat haqida fikr bildirdi.
Ter Shtegen ko‘p yillar davomida Manuel Noyerning o‘rinbosari bo‘lgan, ammo «Bavariya» darvozaboni jarohati tufayli ter Shtegen asosiy tanlovga aylandi.
«Men terma jamoada birinchi raqamli darvozabonman. Men bu lahzani anchadan beri kutgandim, endi esa bu imkoniyatdan foydalanmoqchiman. Men buni shunday saqlab qolish uchun qo‘limdan kelganini qilaman.
Noyer bilan raqobat, u qachon qaytadi? Manuel reabilitasiyaning qaysi bosqichida ekanligini bilmayman. Uning maydonga qaytganini ko‘rdim, bu meni juda xursand qildi. Bunday og‘ir jarohatdan so‘ng, eng muhimi, uning maydonga qaytishi. Umid qilamanki, u yana futboldan zavq oladi. Men bu narsalarga ta’sir qila olmayman. Men bunga kuchimni sarf qilolmayman va istamayman ham. Murabbiyga nima qilishni ayta olmayman. Men bor e’tiborimni keyingi ikki o‘yinda maydonda ko‘rsata olishimga qaratganman», — dedi ter Shtegen Bayern & Germany bilan suhbatda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/