Skira Menyan nega «Milan» bilan yangi shartnoma imzolashni istamayotganini aytdi
Italiyalik nufuzli jurnalist Nikolo Skira «Milan» nega Mayk Menyan bilan shartnomani uzaytirolmayotgani haqida o‘z ma’lumotlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Menyan klub rahbariyatidagi ba’zi shaxslarni yoqtirmaydi.
«Allegri uchun Menyan – eng muhim futbolchi, asosiy tarkibning ajralmas futbolchisi. Muammo shundaki, besh million yetmasligi mumkin. Menyan olti-etti million olmoqchi. Bundan tashqari, u Furlani va Monkada bilan muzokaralar olib borishni mutlaqo istamaydi,» – deya Skiraning so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, Menyan «Milan» safida 2021 yildan buyon to‘p surib kelmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
