Menyanning nima xohlayotgani ma’lum bo‘ldi
Italiyalik taniqli jurnalist Fabrisio Romano «Milan»ning asosiy darvozaboni Mayk Menyan bilan shartnoma uzaytirilishi bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirdi.
«2028 yil oxirigacha, ehtimol 2029 yilgacha maoshni oshirish bilan bog‘liq og‘zaki kelishuv bor. Menyan yetakchi sifatida Leaunikidan kam bo‘lmagan daromad olishni xohlaydi.
Leau besh million oladi, Menyan ham xuddi shunday. Kelishuv bor, ammo hozircha “Milan” shartnoma imzolashni biroz to‘xtatib qo‘ydi», — dedi manba.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/