Buskets va Jordi Alba faoliyatidagi so‘nggi o‘yinda kubok qo‘lga kiritishdi

Serji Buskets va Jordi Alba faoliyatidagi so‘nggi o‘yinni o‘tkazdi.

Ispanlar MLS kubogi finalida ishtirok etib, «Vankuver Uaytkeps» ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, sovrinni qo‘lga kiritdi.

Avvalroq har ikki futbolchi mavsum yakunlangach, faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi.

Buskets «Inter Mayami», «Barselona» va Ispaniya terma jamoasidagi faoliyati davomida 37 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Albaning hisobida turli musobaqalarda 22 ta g‘alaba bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter