Jordi Alba «Inter Mayami» safidagi so‘nggi uy o‘yinida gol urdi va assistentlik qildi
Jordi Alba «Inter Mayami» muxlislari bilan xayrlashdi. Yaqinda ispaniyalik chap qanot himoyachisi faoliyatini yakunlashini e’lon qilgandi.
36 yoshli faxriy o‘z uyida «Atlanta Yunayted»ga qarshi kechgan xayrlashuv uchrashuvida yorqin o‘yin ko‘rsatdi: 52-daqiqada Lionel Messining uzatmasidan keyin gol urgan bo‘lsa, 87-daqiqada argentinalik futbolchiga assistentlik qildi. Bahsda «qo‘tonlar» yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.
Alba 2023 yilning yozidan beri «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda. AQSHga ko‘chib o‘tishdan oldin u 11 yil davomida «Barselona» sharafini himoya qilgan. MLSning joriy mavsumida ispaniyalik 29 ta o‘yinda 6 ta gol urdi va 10 ta samarali pas berdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/