«Inter Mayami» bosh murabbiyi Messi va Alba finalda maydonga tushishiga umid qilmoqda

«Inter Mayami» bosh murabbiyi Xerardo Martino MLS doirasidagi «Toronto» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (4:0) birinchi bo‘lim oxirida futbolchilarning charchoqlari tufayli Jordi Alba va Lionel Messini almashtirganini tushuntirdi. U, shuningdek, ularning AQSH ochiq kubogi finalida ishtirok etishini ham istisno etmadi.

“Ular odatdagidek mashq qilishdi va biz ular o‘ynashga tayyor ekanliklarini his qildik. Menimcha, ularda yangi jarohatlar yoki yomonroq narsa yo‘q. Bu charchoq. Menimcha, bu mushak jarohati emas. Bilaman, bizni final kutib turibdi, lekin ular o‘ynashga tayyor bo‘lmasalar, maydonga tushmaydilar», – deya Martino so‘zlarini keltirmoqda CBC.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter