Marselino g‘alabadan keyin raqib maydonini tanqid qildi
«Vilyarreal» bosh murabbiyi Marselino Garsiya Toral shogirdlarining Ispaniya kubogi doirasidagi g‘alabasidan norozi bo‘ldi. Undan uch liga pastda borayotgan kamtarona «Antoniano»ga qarshi kechgan uchrashuv penaltilar seriyasi bilan yakunlandi (5:4).
Final hushtagidan so‘ng Marselino mahalliy stadion maysasini tanqid qildi.
«Kubokning yangi formati juda jozibali, u kamtarroq klublarga yordam beradi, bundan juda xursandman, chunki o‘zim ham shunday jamoalardanman, lekin o‘ylaymanki, biz sharoitlarga biroz talabchanroq bo‘lishimiz kerak. Bugun futbolchi jiddiy bo‘lishi mumkin bo‘lgan jarohat oldi. Bu bizning futbolchimiz emas, lekin bizniki bo‘lishi ham mumkin edi», – deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi eldesmarque.com.
«Vilyarreal»ning 1/16 finaldagi raqibi keyinroq ma’lum bo‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
