«Vilyarreal» prezidenti «Barselona» bilan o‘yinni AQSHda o‘tkazishga qarshi emas
«Vilyarreal» prezidenti La Liga doirasidagi o‘yinni AQSHda o‘tkazishdan hech qanday yomonlikni ko‘rmayapti.
Avvalroq, La Liga «Vilyarreal» – «Barselona» o‘yinini Mayamida o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.
«Biz bu hech kim uchun yomon emas deb hisoblaymiz – zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan muxlislarimiz bundan mustasno, ammo biz bu zararni bartaraf etmoqdamiz. Buning uchun biz pul olmaymiz. Hosil bo‘lgan mablag‘lar muxlislarga kompensasiya sifatida – bepul tashrif buyurish yoki abonement pulini qaytarish uchun ishlatiladi.
La Liga bizga buni taklif qildi va biz buni qo‘llab-quvvatladik, chunki bu musobaqa uchun ham, «Vilyarreal» uchun ham qo‘shimcha eshiklarni ochadi. Biz uchun Shimoliy Amerika bozoriga chiqish muhim. Bizda 20 ta akademiya bor,» – dedi «Vilyarreal» prezidenti Fernando Roch Mundo Deportivo nashriga bergan intervyusida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/