Xabi Alonso Gonsalo Garsiya nega kam o‘yin amaliyoti olayotganini tushuntirdi

«Real» bosh murabbiyi Xabi Alonso hujumchi Gonsalo Garsiya haqida gapirdi. Futbolchi yozda klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida to‘rtta gol urdi, ammo 2025/2026 yilgi mavsumda u kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda.

«Garsiya klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini ajoyib o‘tkazdi, u yerda gollar urdi. Ehtimol, hozir u o‘ziga loyiq bo‘lganidan kamroq daqiqa olgandir. Ammo o‘shanda bizda Mbappe yo‘q edi, hozir esa Mbappe bor – va u top darajani ko‘rsatmoqda. Gonsalo aqlli. U qayerdaligini biladi, u har doim tayyor. U bizga kerak,» – dedi Alonso matbuot anjumanida.

3 dekabr, chorshanba kuni «Real» La Liga doirasida «Atletik» mehmoni bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter