«Real Madrid» Gonsalo Garsiya va Endrikdan qaysi birini klubda olib qolish bo‘yicha qaror qabul qildi

Madridning «Real» klubi yosh hujumchilardan qaysi biri jamoada qolishini hal qildi. 21 yoshli Gonsalo Garsiya klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatdi va turnirning «Oltin butsa»sini qo‘lga kiritdi. Shunga qaramay, Kilian Mbappe va Vinisius Junior tufayli ispaniyalik futbolchiga asosiy tarkibdan doimiy joy olish qiyin bo‘lishi aniq. Yaqinda 19 yoshini nishonlaydigan Endrik ham xuddi shunday vaziyatda.

Jurnalist Xosep Pedrerolning yozishicha, «qirollik klubi» rahbariyati Garsiyani olib qolishga qaror qilgan, yosh braziliyalik esa ijaraga ketadigan ko‘rinadi.

Endrik «Real»ga o‘tgan yilning yozida «Palmeyras»dan ko‘chib o‘tgan va «qaymoqranglilar» safida 37 o‘yinda 7 ta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter