Noyer: «Men shoshilishni istamasdim»

«Bavariya»ning 39 yoshli darvozaboni Manuel Noyer yana bir bor klub bilan shartnomani uzaytirish haqida gapirdi.

«Men bu borada shoshilmaslikni istardim. Asosiysi, vaqt topib, o‘zingizdan so‘rang: «Mening tanam qanday? Sog‘lig‘im qanday? Davom ettirishdan ma’no bormi? Menga yana biroz vaqt kerak», – deya Noyerning so‘zlarini keltiradi Sky Sport Germany.

Noyer 2011 yildan beri «Bavariya» sharafini himoya qilib kelmoqda. U joriy mavsumda barcha musobaqalarni qo‘shib hisoblaganda 17ta o‘yinda maydonga tushib, 16ta gol o‘tkazib yubordi va 6 marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter