Noyer Bundesligadagi 500-o‘yinini o‘tkazdi
«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer Germaniya Bundesligasidagi 500-uchrashuvini o‘tkazdi.
38 yoshli germaniyalik 33-turda «Volfsburg»ga qarshi o‘yinda myunxenliklar safida asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Ushbu o‘yin Noyer uchun «Bavariya» uchun Bundesligadagi 344-o‘yin bo‘ldi, bungacha «Shalke» safida 156 ta o‘yin o‘tkazgan. Noyer liga tarixida 500ta o‘yinga erishgan to‘rtinchi darvozabonga aylandi. Ilgari bunga Uli Shtayn (512), Eyke Immel (534) va Oliver Kan (557) erishgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/