Noyer 1 yildan so‘ng yana YECHL bahsida maydonga tushdi

Noyer 1 yildan so‘ng yana YECHL bahsida maydonga tushdi

Baho: + | –

YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar Rukn: Yangiliklar A A A

“Bavariya” darvozaboni Manuel Noyer 2022 yil oktyabr oyidan buyon ilk marta Chempionlar ligasida o‘ynadi. Futbolchi guruh turnirining 4-turidan o‘rin olgan «Galatasaroy»ga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushdi.

Noyer oxirgi marta Chempionlar ligasida 2022 yil 4 oktyabrda o‘ynagan. O‘shanda «Bavariya» o‘z maydonida «Viktoriya»ni 5:0 hisobida mag‘lub etgandi.

Noyer o‘tgan yilning dekabr oyida ta’til paytida chang‘i uchayotganda oyog‘ini sindirib olgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter