Modrich Zidan haqida fikr bildirdi

Italiya chempionatida «Milan» sharafini himoya qilayotgan xorvatiyalik Luka Modrich afsonaviy fransiyalik Zinedin Zidan haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ketma-ket uch marta Chempionlar Ligasi kubogi. U kiyinish xonasiga kirganida, bizning e’tiborimiz faqat Zidanda edi. Zizu ustoz sifatida noyob edi. Zinedin o‘zgacha bir iqtidorga ega edi. U bu o‘yinni puxta o‘rganib chiqdi. Biz birgalikda ajoyib vaqt o‘tkazdik», – deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Footmercato.

Zidan ketma-ket uch marta «Real»ni Yevropa Chempionlar Ligasida zafar quchishga olib keldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter