Modrich Anchelottidan maslahat olganini aytdi
«Milan»ning yangi a’zosi Luka Modrich klubga o‘tishdan oldin sobiq murabbiyi Karlo Anchelotti bilan bog‘landi.
Iyul oyida xorvatiyalik futbolchi 13 yil o‘tkazgan «Real»ni tark etdi va erkin agent sifatida «rossonerilar» safiga qo‘shildi.
«Men shartnoma imzolashdan oldin Karlo bilan suhbatlashdim va u «Milan» haqida faqat ijobiy ruhda gapirdi. To‘g‘ri, shundoq ham eshitganman, lekin jamoada o‘ynagan, murabbiylik qilgan Anchelottiga o‘xshagan odamni eshitsangiz, tasavvuringiz yanayam tiniqlashadi. Shartnoma imzolashimdan oldin ham Karlo tasodifan «Milan» haqida gap ketganda ko‘p yaxshi gaplarni gapirardi,» – deydi 39 yoshli xavbek DAZN bilan suhbatda.
Luka Modrich «Real»da Karlo Anchelotti qo‘l ostida 2013-2015 hamda 2021 yildan joriy yilga qadar to‘p tepgan. Iyun oyi boshidan italiyalik mutaxassis Braziliya terma jamoasini boshqarmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/