Rakitich «Yuventus» muxlislaridan uzr so‘radi

Xorvatiyalik sobiq futbolchi Ivan Rakitich «Yuventus» muxlislaridan uzr so‘radi. Taniqli sobiq xavbek ijtimoiy tarmoqlarda do‘sti Luka Modrich bilan tushgan suratini e’lon qilib, uni «Milan»ga o‘tgani bilan tabrikladi. Postga Rakitich «Byankonerilar» muxlislarini haqorat qiluvchi so‘zni ham yozgan edi. Xorvatiyalik matn mazmunidan xabar topgach, postni o‘zgartirdi va keyin uzr so‘radi.

«Yuventus» muxlislaridan chin dildan uzr so‘ramoqchiman. Niyatim Lukani «Milan»ga o‘tgani bilan tabriklash edi, tarixiy kontekst va so‘zlarning mohiyatidan bexabar edim. Men o‘zim chuqur hurmat qiladigan klubni aslo haqorat qilmoqchi emasdim,» – deya yozda faoliyatini yakunlagan Rakitichning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Luka Modrich erkin agent sifatida «Milan»ga o‘tdi. U Italiyaga ko‘chib o‘tgunga qadar 13 yil davomida Madridning «Real» klubida to‘p surgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter