Kloppning «Liverpul»ga qaytish pozisiyasi ma’lum bo‘ldi

Yurgen Kloppning «Liverpul»ga qaytish bo‘yicha pozisiyasi ma’lum bo‘ldi. Bir kun avval germaniyalik murabbiy yana Angliya top-klubini boshqarishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Biroq, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Klopp «Rud Bull»dagi ishiga sodiq. U futbol yo‘nalishining global rahbari lavozimida ishlaydi. Shu bois Kloppning «Liverpul»ga qaytishi dargumon.

Bir kun avval «Liverpul» hozirgi murabbiy Arne Slotni iste’foga chiqarishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Uning o‘rniga bir nechta nomzodlar ko‘rib chiqilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter