Laporta Kloppning «Barselona»ga tayinlanishini orzu qiladi

Kataloniyaning «Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta mavsum oxirida «Liverpul»ni tark etadigan Yurgen Kloppni bosh murabbiy etib tayinlashni orzu qilmoqda.

Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda. Manbaning qayd etishicha, Klopp “Barselona” rahbariyati bilan ikki yil avval muzokara olib borgan, biroq keyinchalik tomonlar kelishuvga erisha olmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yurgen «Liverpul»dan ketganidan keyin bir yil tanaffusga chiqishiga ishontirgandi. Biroq, Laporta va «Barselona» sport direktori Deku Kloppni tezroq boshqaruvni o‘z zimmasiga olishga ko‘ndirishga harakat qiladi. Klopp boshchiligidagi “Liverpul” ayni damda Angliya Premyer-ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter