Klopp Alissonning qaytish muddatini aytdi
«Liverpul» bosh murabbiyi Yurgen Klopp matbuot anjumanida bir nechta futbolchilarning holati haqida fikr bildirdi. Kloppning aytishicha, yarim himoyachi Kertis Jons to‘liq mashg‘ulotda va payshanba oqshomida «Sheffild Yunayted»ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin.
Alissonga kelsak, u allaqachon darvozabonlar murabbiyi bilan ishlamoqda. Kloppning aytishicha, braziliyalik kelasi hafta to‘liq jamoa mashg‘ulotlariga qaytishi mumkin. Alisson oxirgi marta fevral oyi boshida o‘ynagan.
“Liverpul” hozirda APL turnir jadvalida birinchi o‘rinni egallab turibdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/