Luis Enrike Vitinyaning darajasiga baho berdi
Fransiyaning «PSJ» klubi ustozi Luis Enrike jamoaning portugaliyalik yarim himoyachisi Vitinyaning darajasiga baho berdi.
«Vitinya oldinga siljimoqda, jamoa ham oldinga siljimoqda. U boshqalarga o‘xshamaydigan o‘ziga xos o‘yinchi. Uning hozir shunday o‘ynayotganidan xursandman. Vitinya mashg‘ulotlarda ko‘p ishlaydi va o‘z xarakterini ko‘rsatadi,» – deya izoh berdi bosh murabbiy matbuot anjumani vaqtida.
Yevropa Chempionlar Ligasining umumiy bosqichidan o‘rin olgan so‘nggi bahsda portugaliyalik yarim himoyachi Londonning «Tottenxem» klubi darvozasiga uchta to‘p kiritdi (5:3).
«Oltin to‘p-2025» so‘rovnomasida xavbek uchinchi o‘rinni egallagandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
