«PSJ» darvozasiga dubl qayd etgan Kolo-Muani mag‘lubiyatga munosabat bildirdi
«Tottenxem» hujumchisi Randal Kolo-Muani Chempionlar ligasi doirasidagi «PSJ»ga qarshi o‘yinda yorqin o‘yin ko‘rsatdi. Fransuz dubl qayd etib, golli uzatmani amalga oshirdi. «Shporlar» o‘yin davomida ikki bor hisobda oldinda borishdi, ammo baribir Parijda yutqazishdi – 3:5.
«Xafamiz pir bo‘ldi, chunki o‘yin juda yaxshi boshlangandi. Afsuski, biz ustunlikni saqlab qola olmadik. «Park de Prens»ga qaytish yoqimli, ammo futbol individual sport turi emas, shuning uchun mag‘lubiyatdan salbiy his-tuyg‘ular ustunlik qiladi. Biz Chempionlar Ligasida o‘zimizni ajoyib tarzda ko‘rsatmoqdamiz – tinimsiz ishlashda davom etishimiz va imkon qadar ko‘proq ochko to‘plashga harakat qilishimiz kerak,» – dedi Kolo-Muani UEFA matbuot xizmatiga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, hujumchiga bo‘lgan huquq hamon «PSJ»ga tegishli. Ijara muddati joriy mavsum oxirigacha etib belgilangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
