Kolo-Muani: «Umid qilamanki, «Ayntraxt» «PSJ»ga o‘tishimga ruxsat beradi»

“Ayntraxt” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Randal Kolo-Muani nemis klubi va “PSJ” o‘rtasidagi uni sotish masalasi bo‘yicha uzoq davom etgan muzokaralar haqida gapirdi.

«Umid qilamanki, «Ayntraxt» menga «PSJ»ga o‘tishimga imkon beradi. Men bu jamoaga ko‘p qarzdorman. Men har doim qo‘limdan kelganicha harakat qilganman. Lekin sir emaski, «PSJ» menga rekord taklif bilan chiqdi, men ularga qo‘shilishni xohlardim, chunki bu faoliyatimni rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyat. Umid qilamanki, «Ayntraxt» «PSJ» bilan kelishuvga rozi bo‘ladi», – deya Kolo Muanining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sky Sports Germany.

24 yoshli Kolo-Muani joriy mavsumda «Ayntraxt» safida uchta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter