«Yuventus» Kolo-Muani bo‘yicha «PSJ»ga yangi taklif tayyorladi
«PSJ» forvardi Randal Kolo-Muani «Yuventus»ning hujum chizig‘ini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor maqsadi bo‘lib qolmoqda. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, fransuz Turinga qaytishga tayyor va boshqa variantlardan voz kechib, o‘z istagini parijliklar rahbariyatiga ma’lum qilgan.
Turinliklar bosh murabbiyi Igor Tudor ham futbolchining qaytishini ta’kidlamoqda. Klub sport direktori Damyen Komolli yangi taklif tayyorlamoqda: 10 million yevroga ijaraga olish va bir qator shartlar bajarilganda majburiy sotib olish. Bitimning umumiy summasi 40 mln yevrodan oshishi mumkin. «PSJ» to‘liq sotib olish kafolatini talab qilmoqda.
Kolo-Muani o‘tgan mavsum «Yuventus» safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «PSJ» bilan shartnomasi 2028 yilgacha mo‘ljallangan va Transfermarkt futbolchini 30 mln yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/