Roberto Martines: «Kartochka bilanmi yoki kartochkasizmi, baribir «Chelsi» «Barselona»dan kuchliroq edi»
Londonning «Chelsi» klubi Chempionlar Ligasi guruh bosqichining beshinchi turida «Barselona» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Portugaliya terma jamoasi ustozi Roberto Martines londonliklar qizil kartochkasiz ham kuchliroq edi, deb hisoblamoqda.
«Kartochka bilanmi yoki kartochkasizmi, «Chelsi» ancha kuchli edi. U ustunlik qildi. Chetlatish umumiy taassurotni biroz xiralashtirdi,» – deya Martinesning so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
Chempionlar ligasi guruh bosqichining navbatdagi turida «Chelsi» Bergamoda mahalliy «Atalanta»ga qarshi bahs olib boradi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
