Runi: «Chelsi» «Arsenal»ning asosiy raqibiga aylanishi mumkin»
Londonning «Chelsi» klubi Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turida «Barselona» ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. «Manchester Yunayted» va Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ueyn Runi bunday o‘yin natijasidan hayratda. Va endi u «Chelsi»ni Angliya chempionatida Londonning «Arsenal» klubiga asosiy raqobatchi sifatida ko‘rmoqda.
«Mareska ajoyib ishni yo‘lga qo‘ydi. Koul Palmer yo‘qligiga qaramay, mexanizm juda yaxshi ishlaydi. Men o‘z kuchiga ishonchi ortib borayotgan va «Arsenal»ga qarshi chiqishi mumkin bo‘lgan jamoani ko‘ryapman,» – deya Runining so‘zlarini keltiradi BBC Sport.
«Chelsi» oxirgi marta 2017 yilda Angliya chempioni bo‘lgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
