Tunis bosh murabbiyi ilk turdagi mag‘lubiyatdan so‘ng jamoasini Argentinaga qiyosladi

Tunis terma jamoasi bosh murabbiyi Jalol Kadri Afrika Millatlar Kubogi guruh bosqichining 1-turida Namibiyadan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:1) o‘z jamoasini jahon chempionati g‘olibi Argentinaga qiyosladi.

“Ba’zi jamoalar turnirdagi birinchi o‘yinda mag‘lubiyatga uchragan va keyinchalik yaxshi natijalarga erishgan.

Argentina terma jamoasi birinchi o‘yinda Saudiya Arabistoniga mag‘lub bo‘ldi va yakunda jahon chempioni bo‘ldi», – deya Kadrining so‘zlarini keltirgan Actu Foot Afrique X ijtimoiy tarmog‘ida (sobiq Tvitter).

Bir kun avval, 16 yanvar kuni Tunis va Namibiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘yin oxirida Deon Hottoning goli evaziga Namibiya minimal hisobda g‘alaba qozondi.

Afrika millatlar kubogi guruh bosqichining navbatdagi turida Tunis terma jamoasi Maliga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter