Yuber – «Galatasaroy» haqida: «Bu yerda jahon yulduzlari o‘ynaydi»

Belgiyaning «Yunion Sent-Jillua» klubi bosh murabbiyi David Yuber Chempionlar ligasi doirasida Turkiyaning «Galatasaroy» klubiga qarshi kechadigan o‘yin oldidan matbuot vakillari bilan muloqot qildi.

Umumiy bosqichning 5-tur uchrashuvi 25 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

«Albatta, bu Turkiyadagi eng yaxshi klub. Ular o‘z ligasida birinchi o‘rinda, Chempionlar Ligasida esa 12 ochkodan 9 ochkoga ega. Shunday ekan, bu oson o‘yin bo‘lmaydi. Bu yerda jahon yulduzlari o‘ynaydi», – deya Yuberning so‘zlarini keltiradi VTM.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter