Tuxel: «Galatasaroy» faqat Ikardi emas»

«Bavariya» bosh murabbiyi Tomas Tuxel Chempionlar ligasi doirasida bo‘lib o‘tadigan o‘yindagi raqib «Galatasaroy»ning kuchi haqida gapirdi.

«Galatasaroy» nafaqat Ikardi. Ular juda tajovuzkor va hujumkor jamoa, to‘p bilan ham, to‘psiz ham shiddatli o‘ynaydi. «Galatasaroy» uzoq davom etayotgan mag‘lubiyatsiz seriyasiga ega, natijalar o‘z-o‘zidan gapiradi. «Manchester Yunayted»ni mehmonda mag‘lub etish juda qiyin ish. Bu oson bo‘lmaydi, lekin biz ushbu turdan keyin turnir jadvalida «Galatasaroy»dan yuqorida qolishni istaymiz», – deya Tuxeldan iqtibos keltiradi Bild.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter