Turkiya Superkubogi. «Beshiktosh» «Galatasaroy»ni tor-mor keltirdi

Turkiya Superkubogi uchun kechgan bahsda “Galatasaroy” “Beshiktosh”dan (0:5) mag‘lub bo‘ldi.

Italiyalik hujumchi Chiro Immobile yangi klubidagi debyut o‘yinida dubl qayd etdi va u birinchi golni 21-sekundda kiritdi.

“Beshiktosh” 10-marta Turkiya Superkubogini qo‘lga kiritdi va “Trabzonspor”ga yetib oldi. «Galatasaroy» hisobida 17 ta g‘alaba bor.

“Galatasaroy” amaldagi mamlakat chempioni, “Beshiktosh” Turkiya kubogi sohibi.

Galatasaroy – Beshiktosh 0:5 (0:1, 0:4)
3 avgust, 22:45, «Olimpiyskiy stadion Atatyurka»
Gollar: 0:1 – 1 Immobile, 0:2 – 53 Svensson, 0:3 – 81, penalti Immobile, 0:4 – 90+1 Rafa Silva, 0:5 – 90+2 Xekimoglu.
Galatasaroy – Muslera, Ken, Bardakdji, Nelsson, Ayxan, Kutlu (Demirbay, 60), Torreyra (Zaa, 75), Ziyesh (Akgyun, 60), Aktyurkoglu (Yilmaz, 46), Mertens (Batshuayi, 46), Ikardi.
Beshiktosh – Gyunok, Masuaku, Kolli, Gabriel Paulista, Svensson, Jedson Fernandesh (Uchan, 90), El-Musrati, Rafa Silva, Rashisa (Bulut, 86), Kilichsoy (Onana, 68), Immobile (Xekimoglu, 85).
Ogohlantirishlar: Kolli (11), Kutlu (17), Torreyra (20), Kilichsoy (20), Aktyurkoglu (42), Immobile (47), Yilmaz (73), Jedson Fernandesh (73), Buruk (89).
Chetlatish: Nelsson (87).

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter