Kivu «Inter»ning «Milan»ga qarshi derbisida Lautaro Martinesning almashtirilishini sababini aytdi

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu «Milan»ga qarshi o‘yinda jamoa sardori Lautaro Martinesni nega almashtirgani haqida gapirdi.

Argentinalik hujumchi uchrashuvning 66-daqiqasida zaxiraga olindi. Biroz avval «rossonerilar» Kristian Pulishichning sa’y-harakatlari bilan hisobda oldinga chiqib olishgandi – derbida gol yagonaligicha qoldi.

– Lautaroning ahvoli yaxshi. Men o‘yinchilarni almashtira olmaymanmi? Bu mening texnik qarorim. Zaxiradagilar ham o‘z hissasini qo‘shishga qodir va bu mavsumdagi barcha o‘yinlarda shunday bo‘lgan. Bu mening tanlovim,» – dedi u Kivu DAZNga bergan intervyusida.

Lautaro Martines A Seriyaning joriy o‘yinida 4ta gol va 2ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter