«Bavariya» prezidenti Upamekanoning kelajagi haqidagi savolga javob berdi
«Bavariya» prezidenti Gerbert Xayner himoyachi Dayo Upamekanoning kelajagi haqida gapirdi.
Nemis grandi xo‘jayini futbolchining jamoada baxtli ekanini payqadi. Shuningdek, futbolchi Vensan Kompani qo‘l ostida o‘ynashni yoqtiradi.
«Men uning «Bavariya»da juda baxtli ekanini eshitdim, u jamoada va murabbiy bilan o‘zini juda qulay his qilmoqda», – dedi Xayner SportDE nashriga.
«Bavariya» Upamekanodan ayrilish xavfi ostida. Yozda futbolchi erkin agentga aylanishi mumkin. Uning mehnat shartnomasi tugaydi. OAV ma’lumotlariga ko‘ra, himoyachiga «Real» va boshqa jamoalar faol qiziqish bildirmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
