«Bavariya» prezidenti Xayner Upamekanoning kelajagi haqidagi savolga javob berdi

«Bavariya» prezidenti Gerbert Xayner jamoa markaziy himoyachisi Dayo Upamekano bilan muzokaralar haqida gapirdi.

Fransuzning Myunxen grandi bilan amaldagi kelishuvi kelasi yozda o‘z nihoyasiga yetadi. Ko‘plab mish-mishlarga ko‘ra, vaziyatni xorijning top-klublari faol kuzatib bormoqda.

«Biz Upamekanoning yangi shartnomasi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz. Albatta, umid qilamanki, u bizda uzoq vaqt qoladi,» – dedi Xayner.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter