«Bavariya» prezidenti klub Kimmixni saqlab qolishi mumkinmi, degan savolga javob berdi
«Bavariya» prezidenti Gerbert Xayner yarim himoyachi Joshua Kimmixning kelajagi haqida gapirdi.
29 yoshli futbolchi joriy mavsum yakunlanganidan keyin tugaydigan shartnomasini hali uzaytirgani yo‘q.
«Kimmix «Bavariya» sardori bo‘lishi mumkinmi? Nega yo‘q? U allaqachon Germaniya terma jamoasi uchun sardorlik bog‘ichini taqqan va bu rol unga juda mos keladi.
Albatta, uni klubimizda olib qolishga harakat qilamiz. Biz uni qanchalik qadrlashimizni juda yaxshi bilasiz va buni unga qayta-qayta aytamiz. Menimcha, u «Bavariya»da juda qulay. U ajoyib o‘ynaydi va doimo yaxshilanadi. Men uning faoliyatini bir kun kelib shu yerda yakunlashini istardim», – dedi Xayner.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/