«Arsenal» asosiy himoyachisidan 1,5 oyga ayrildi
Gabriel Magalyaes bir oydan ko‘proq vaqtni jarohat sabab o‘tkazib yuborishi mumkin.
Himoyachi Braziliya terma jamoasi safida Senegalga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (2:0) sonidan jarohat oldi va «Arsenal» qarorgohiga qaytdi.
Yaqin kunlarda aniq tashxis va tiklanish muddatlari ma’lum bo‘ladi. BBC xabariga ko‘ra, klub yetakchilaridan biri kamida to‘rt haftaga yoki yanvargacha safdan chiqqanidan xavotirda.
Gabriel bu mavsumda APLda 11ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
