“Real” himoyachisidan ayrildi

Madridning “Real” klubi yana avstriyalik himoyachisi David Alabadan ayrildi.

«Qirollik klubi» matbuot xizmatining xabar berishicha, 32 yoshli futbolchi yangi jarohatni orttirib oldi.

Alabaga o‘ng sonining qo‘shimcha mushaklari jarohati tashxisi qo‘yilgan. Yaqin vaqt ichida avstriyalik yangi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, uning natijalariga ko‘ra uning tuzalib ketish muddati aniqlanadi.

Eslatib o‘tamiz, David uzoq muddatli jarohatidan so‘ng 2024 yil oxirida asosiy guruh mashg‘ulotlariga qaytgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter