«Arsenal» himoyachisi jarohat sabab Braziliya terma jamoasi qarorgohini tark etdi

«Arsenal» klubi va Braziliya terma jamoasi markaziy himoyachisi Gabriel Magalyaesning o‘ng tizza mushaklari jarohatlangani aniqlandi.

Eslatib o‘tamiz, kecha futbolchi Senegalga (2:0) qarshi o‘rtoqlik o‘yinini oxirigacha davom ettira olmadi. U 64-daqiqada zaxiraga olindi va o‘ng oyog‘ini ushlab maydonni tark etdi.

The Athletic xabariga ko‘ra, Gabriel Braziliyaning Fransiyada seshanba kuni bo‘lib o‘tadigan Tunisga qarshi o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Uning o‘rniga boshqa o‘yinchi chaqiriladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter