Polsha terma jamoasining muhim yarim himoyachisi pley-off yarim finalini o‘tkazib yuboradi
Polsha terma jamoasining muhim yarim himoyachisi pley-off yarim finalini o‘tkazib yuboradi.
Nikola Zalevski Maltaga qarshi o‘yin boshida ogohlantirildi. Bu kartochka uning uchun saralashdagi ikkinchi bo‘ldi va futbolchi pley-offning birinchi yarim finalini o‘tkazib yuboradi.
Polsha terma jamoasi bosh murabbiyi Yan Urban bu holatga hissiyot bilan munosabat bildirdi.
«Zalevskining sariq kartochkasi g‘ashimga tegdi. Biz bu haqda gaplashdik, unga ehtiyot bo‘lishni maslahat berdik va u buni oldi.
Unga bunday bo‘lmasligi kerak edi. Ammo futbol shunday», – dedi murabbiy.
Ma’lumot uchun, Zalevski ilk sariq kartochkasini 2025 yilning iyun oyida Finlyandiyaga qarshi o‘yinda olgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
