Levandovskida jarohat bor, ammo u Polsha ixtiyorida qoladi

«Barselona» hujumchisi Robert Levandovski Polsha terma jamoasi ixtiyorida qolmoqda.

36 yoshli futbolchi boldir mushaklarida noqulaylikdan aziyat chekmoqda. Shunga qaramay, jurnalist Xordi Batalining ma’lum qilishicha, hujumchi terma jamoa yig‘ini yakunlanmaguncha klubga qaytmaydi. Futbolchi «ko‘k-anorranglilar»ning La Liga doirasida kelayotgan 27 mart, payshanba kuni o‘tkaziladigan «Osasuna«ga qarshi qoldirilgan o‘yiniga qadar formaga kira olmasligi mumkin.

Dushanba kuni Polsha terma jamoasi jahon chempionati-2026 saralash bosqichi doirasida o‘z maydonida Maltaga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter