Terri: «Biroz xavotirdaman»
«Chelsi»ning sobiq himoyachisi Jon Terri «Arsenal»ning bu mavsumdagi himoyaviy o‘yinini baholadi.
«Kanonirlar» joriy mavsumda atigi 5 ta gol o‘tkazib yuborishdi. Bu borada rekord 2005 yilgi «Chelsi»ga tegishli bo‘lib, ular o‘sha mavsumda 15 ta gol o‘tkazib yuborishgan edi.
«Aytishim kerakki, men biroz xavotirdaman. Men har hafta «Arsenal» o‘yinlarini tomosha qilaman – ularni hurmat qilishim kerak. Men hali ham bizning rekordimizni yangilash juda qiyin ish deb o‘ylayman, lekin rostini aytsam, men biroz xavotirdaman», – dedi Terri.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
