Terri: «Pochettinoning ketishini eshitib hafsalim pir bo‘ldi»
Londonning «Chelsi» klubi sobiq sardori Jon Terri klub bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan xayrlashgani haqidagi xabarga izoh berdi.
Argentinalik mutaxassis o‘zining yagona mavsumida klub bilan oltinchi o‘rinni egalladi, bu esa “ko‘klar”ga keyingi Yevropa ligasida qatnashish imkonini berishi mumkin edi. Buning uchun “Manchester Siti” Angliya kubogi finalida “Manchester Yunayted”ni mag‘lub etishi kerak.
«Maurisio Pochettino va uning murabbiylar shtabi ketishidan hafsalamiz pir bo‘ldi. Umid qilamanki, rahbariyat yangi murabbiy kelguniga qadar futbolchilarni sotib olmaydi yoki sotmaydi», — deb yozdi Terri ijtimoiy tarmoqlarda.
Avvalroq «Chelsi» yosh va ilg‘or mutaxassis qidirayotgani xabar qilingandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/