Terriga shaxsan Fergyusonning o‘zidan taklif bo‘lgan
«Chelsi» va Angliya terma jamoasining sobiq sardori Jon Terri ser Aleks Fergyuson uni «Manchester Yunayted»ga o‘tish uchun tinimsiz chaqirgani haqida gapirdi.
«Men «Vest Xem» akademiyasida ikki yoki uch yil o‘ynadim va bir kechada murabbiyimiz ketganini bildik, shuning uchun dadamga qaytishni istamasligimni aytdim.
Keyin men bir yil davomida «Arsenal», «Manchester Yunayted» va «Chelsi» variantlari orasida o‘ylanib yurardim.
«Arsenal» ham, «Yunayted» ham meni taklif qildi, biroq «Chelsi» hech narsa qilmadi. Ser Aleks Fergyuson har hafta uyimga qo‘ng‘iroq qilib, men va dadam bilan gaplashib, mashg‘ulotlarda to‘g‘ri ishlayotganimni aytar edi.
Bularning barchasiga qaramay, men «Chelsi»ga kelganimda, bu men uchun to‘g‘ri klub ekanligini bilardim. Bu yerni uyimdek his qildim», – dedi Terri.
Manba: dailystar.co.uk
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/