Dani Olmo: «Bu biz uchun aniq maqsad»
«Barselona» hujumkor yarim himoyachisi Dani Olmo «ko‘k-anorranglilar» joriy mavsumda Chempionlar ligasi g‘olibligi uchun kurashishini aytdi.
“Bu biz uchun aniq maqsad. O‘tgan yili yarim finalgacha yetdik, va o‘ylaymanki, o‘tgan yildagi voqealardan so‘ng Yevropada yana nomzodlar qatoriga qaytdik.
Bizda ajoyib jamoa bor, o‘tgan mavsum uchta sovrin yutdik, va bu yil ularni himoya qilishga va bizga yetishmayotgan unvonga da’vogarlik qilishga harakat qilamiz», – dedi 26 yoshli ispaniyalik xavbek.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
